locale OZ

Eshkak eshuvchilarimiz Aichi–Nagoya - 2026 XX Osiyo o‘yinlarida furor natija qayd etishdi

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz tomonidan Osiyoning 18 ta medali - 3 ta oltin, 12 ta kumush va 3 ta bronza medali ona vatanimizga olib kelindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eshkak eshuvchilarimiz Aichi–Nagoya - 2026 XX Osiyo o‘yinlarida furor natija qayd etishdi
photo: suv sporti

Eshkak eshuvchilarimiz Aichi–Nagoya - 2026 XX Osiyo o‘yinlarida furor natija qayd etishdi.

2026-yilning 23–26-sentabr kunlari Yaponiyaning Aichi–Nagoya shahrida XX yozgi Osiyo o‘yinlari doirasidagi baydarka va kanoeda hamda akademik eshkak eshish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda sportchilarimiz munosib ishtirok etdilar.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz tomonidan Osiyoning 18 ta medali - 3 ta oltin, 12 ta kumush va 3 ta bronza medali ona vatanimizga olib kelindi.

Akademik eshkak eshish - 1 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza
Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 2 ta oltin, 6 ta kumush, 1 ta bronza

Akademik eshkak eshish bo‘yicha
1. Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev - LM2x
2. Anna Prakaten - W1x
2. Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Alisher Turdiyev, Maksim Golubev - M4-
2. Mehroj Mamatqulov, Pavel Sorin - M2x
2. Aydana Smetullayeva, Anna Aksyonova - W2-
2. Aydana Smetullayeva, Anna Aksyonova, Rayhona Sattorova, Mariya Sergeeva - W4-
2. Shahboz Xolmurzayev - M1x
3. Alisher Turdiyev, Maksim Golubev - M2-
3. Davrjon Davronov, Shahboz Xolmurzayev, Pavel Sorin, Mehroj Mamatqulov - M4x

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha
1. Shohsanam Sherzodova - C1-200 m
1. Shaxriyor Mahkamov - K1-500 m
2. Shohsanam Sherzodova, Nilufar Zakirova - C2-500 m
2. Vladlen Denisov, Artur Guliyev - C2-500 m
2. Vladlen Denisov - C1-500 m
2. Vladlen Denisov, Nilufar Zokirova - C2 Mix-500 m
2. Arina Tanatmisheva - K1-500 m
2. Arina Tanatmisheva, Shahrizoda Mavlonova, Milana Dushev, Yekaterina Shubina - K4-500 m
3. Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina - K2-500 m

Bu natijalar mamlakatimizda eshkak eshish sport turlariga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarimizning fidokorona mehnati hamda murabbiylar jamoasining tizimli va puxta tayyorgarligi samarasidir.

Eng muhimi, Aichi–Nagoya–2026 bahslari sportchilarimizning xalqaro maydondagi salohiyati va kuchini yana bir bor namoyon etdi. Ular eng kuchli raqiblar safida munosib kurash olib borgan holda O‘zbekiston eshkak eshish maktabi o‘z so‘ziga, o‘z kuchiga va katta marralarni zabt etishga ega ekanini amalda isbotladilar.

XX Osiyo o‘yinlari yakunlariga ko‘ra, delegatsiyamiz atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza - jami 70 ta medalni qo‘lga kiritib, qit’adagi eng yirik sport forumining umumjamoa hisobida 5-o‘rinni band etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting