Ertaga Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlanadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: O‘zbekiston futzali
Ertaga, 26 iyun kuni futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marosim OFKning Kuala-Lumpur shahridagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 12:00da start oladi. Unda O‘zbekiston futzal federatsiyasi vakillari ham ishtirok etadilar.
O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Tailand, Yaponiya, Vetnam, Afg‘oniston, Quvayt va Iroq terma jamoalari bilan 1-savatchadan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, turnir joriy yilning 16 - 24-sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash bosqichida 30 ta jamoa ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist