locale OZ

Ertaga Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari start oladi

Dastlabki turda Falastinga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ertaga Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari start oladi
Фото: Ўзбекистон футзали

Joriy yilning 20-sentabr sanasida qit'amizning sakkiz mamlakati sport zallarida futzal bo‘yicha 2026-yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan F saralash guruhida ishtirok etadi. Nodir Eliboyev shogirdlari Falastin, Sharqiy Timor hamda Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Saralash bahslari Qirg‘iziston futbol uyushmasi qoshidagi Milliy futbol akademiyasi sport majmuasi zalida bo‘lib o‘tadi.

Quyida guruhimizdagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishing:

20-sentabr, shanba

16:00 O‘zbekiston – Falastin
20:00 Qirg‘iziston – Sharqiy Timor

22-sentabr, dushanba

16:00 Sharqiy Timor – O‘zbekiston
20:00 Falastin – Qirg‘iziston

24-sentabr, chorshanba

16:00 Sharqiy Timor – Falastin
20:00 O‘zbekiston – Qirg‘iziston

Izoh: Uchrashuvlar boshlanishi Qirg‘iziston vaqtida ko‘rsatilgan. Bishkek vaqti Toshkent vaqtidan bir soat oldinda yuradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting