Erondagi namoyishlar chogʻida uch nafar sportchi halok boʻldi
Ushbu fojia 2026 yilning 8 yanvar kuni kechqurun sodir boʻlgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Eronda uch nafar sportchi — sobiq futbolchi Mojtaba Torshiz, yosh basketbolchi Ahmad Xosravani va futbol murabbiyi Mehdi Lavasani — Tehrondagi norozilik namoyishlari chog‘ida olgan o‘q jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda Hengaw xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fojia 2026 yil 8 yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Ikki yoshli farzandning otasi bo‘lgan Lavasani orqasidan o‘q uzilishi natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Xosravani 21 yoshda bo‘lib, Sharif Texnologiya Universitetida tahsil olgan va 3x3 Farzan Shemiran basketbol jamoasida o‘ynagan.
Torshiz esa Eronning bir qator futbol klublarida maydonga tushgan, jumladan «Nassadji Mazandaran», «Traktor», «Fajhr Sepasi» va «Mes Kerman» jamoalarida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist