locale OZ

Eron — O‘zbekiston | Prevyu

Mazkur jamoalarning yo‘llari 14 marta kesishgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron — O‘zbekiston | Prevyu
Фото: Ўзбекистон футза

O‘zbekiston va Eron futzal terma jamoalari xalqaro maydonlarda ko‘p bora to‘qnash kelgan. Ayniqsa, Jahon va Osiyo chempionatlari final bosqichlarida bu ikki jamoa o‘rtasidagi raqobat alohida o‘rin tutadi.

Rasmiy musobaqalar doirasida hisobga olinadigan bo‘lsa, mazkur jamoalarning yo‘llari 14 marta kesishgan. Afsuski, hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha bahslarda Eron terma jamoasi g‘alaba qozongan. Shu bilan birga, saralash o‘yinlari hamda o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlarini hisobga olsak, o‘zaro to‘qnashuvlar soni yanada ko‘p.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillarda Eronga tengma-teng raqobat ko‘rsatib kelmoqda, biroq hal qiluvchi pallalarda omad biroz yetishmagani natijalarda o‘z aksini topgan.

Eron — O‘zbekiston | O‘zaro uchrashuvlar (rasmiy musobaqalar)

2000 — 6:4 (guruh bosqichi)
2001 — 9:0 (final)
2002 — 5:0 (guruh bosqichi)
2003 — 7:2 (chorak final)
2004 — 8:1 (guruh bosqichi)
2005 — 4:1 (yarim final)
2007 — 7:3 (yarim final)
2010 — 8:3 (final)
2012 — 6:3 (chorak final)
2014 — 10:0 (yarim final)
2016 — 2:1 (final)
2018 — 7:1 (yarim final)
2024 — 3:3, penaltilar seriyasi — 5:4 (yarim final)

Jahon chempionati, final raundi:
2021 — 9:8 (nimchorak final)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting