locale OZ

Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatida kuchli uchlikka kirdi

U15 terma jamoamiz Qirg'izistonda 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Qirg'iz Respublikasida o'tkazilgan sport kurashlari bo'yicha U15 Osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so'nggi kunida erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi va unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Yurtimiz vakillari jami 6 ta medal — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi:

Oltin medal:
• 38 kg: Asomiddin Badriddinov
• 75 kg: Abduqodir Sarsenbayev

Kumush medal:
• 52 kg: Behzodbek Ibrohimov
• 68 kg: Muhammadali Mo'ydinov

Bronza medal:
• 48 kg: Yosinali Siddiqov
• 57 kg: Ismoiljon Nazirjonov

Ushbu natijalar O'zbekiston terma jamoasiga umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiyadan so'ng 3-o‘rinni egallash imkonini berdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting