locale OZ

Erkin kurash. Razambek Jamalov va G‘ulomjon Abdullayev chempion, yana ikki erkin kurashchimiz shohsupaga ko‘tarildi

Turkiyaning Kojaeli shahrida erkin kurash bo‘yicha nufuzli Hasan Gemici & Gazanfer Bilge xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkin kurash. Razambek Jamalov va G‘ulomjon Abdullayev chempion, yana ikki erkin kurashchimiz shohsupaga ko‘tarildi
photo: Kurash Uzbekistan

Turkiyaning Kojaeli shahrida erkin kurash bo‘yicha nufuzli Hasan Gemici & Gazanfer Bilge xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi polvonlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, Parij–2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov hamda Parij–2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori G‘ulomjon Abdullayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

61 kg vazn toifasida gilamga chiqqan G‘ulomjon Abdullayev final bahsida qozog‘istonlik Allan Oralbekni mag‘lub etdi. 74 kg vaznda kurashgan Razambek Jamalov esa hal qiluvchi bellashuvda eronlik Ali Karampurni taslim qildi.

Yana bir vakilimiz Shahzodbek Yarashev (70 kg) finalda moldovalik Vasile Diakonga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Asadbek Saidto‘rayev (57 kg) esa bronza medali sohibiga aylandi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, chempionlar 1000 yevro, kumush medal sovrindorlari 750 yevro, bronza medal egalari esa 500 yevro miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlandi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqada mezbon Turkiya terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 14 ta bronza medal bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Eron terma jamoasi esa 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting