Erkin kurash (erkaklar). Osiyo chempionatida 5 kurashchimiz mag‘lubiyatga uchradi
Iordaniya davlatida sport kurashlari bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tyapti.
Bugun erkaklar o’rtasidagi erkin kurash bahslariga ham start berildi. Unda 5 nafar kurashchimiz, ya’ni 57kg vaznda G’ulomjon Abdullayev, 65kg vaznda Umidjon Jalolov, 70kg vaznda Begijon Qo’ldoshev, 79kg vazinda Asadbek Karimov va 97kg vaznda Maxsut Veysalovlar gilamga chiqishdi.
Afsuski, Parij-2024 bronza medali sohibi G’ulomjon Abdullayev Qozog’istonlik raqibi Rakhat Kazlxanga 3:5 hisobida mag’lub bo’ldi. Yaponiyalik Kaisei Tanabe Umidjon Jalolovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, 6:0. Begijon Qo’ldoshev qo’shnilarimiz vakili Qirg’izistonlik Ernazar Akmataliyevga 1:7 hisobida imkoniyatni boy bergan bo’lsa, mos ravishda Asadbek Karimov hamda Maxsut Vaysalovlar Hindistonlik Chandermohan va Mangoliyalik Ganbaatarga yutqazishdi.
Agar, kurashchilarimizni mag’lubiyatga uchratgan raqiblari finalga chiqa olsa, vakillarimizda bronza medallari uchun kurashish imkoniyati paydo bo’ladi.