locale OZ

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani medalsiz yakunladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani medalsiz yakunladi
Rasm: Olamsport.uz Umidjon Jalolov

30 mart kuni Ammanda (Iordaniya) kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi ikki kunida erkaklar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Muso Saydulbatalov ishtirokidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi birorta ham medal qo‘lga kirita olmadi. UWW UZB rasmiy xabariga ko‘ra, bu erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionati tarixidagi eng yomon natijasidir. Turnir doirasida o‘zbekistonlik erkin kurashchilar Sherzod Poyanov, Fazliddin Nasritdinov va Umidjon Jalolov bronza medali uchun kurash olib bordi va imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, o‘zbekistonlik ayol kurashchi esa 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting