locale OZ

Erkin kurash. Bekzod Abdurahmonov RAF 10 turniridagi debyut kurashini o‘tkazdi

AQSHning St. Louis shahrida erkin kurash bo‘yicha RAF 10 turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkin kurash. Bekzod Abdurahmonov RAF 10 turniridagi debyut kurashini o‘tkazdi
photo: gettyimages

Bugun tong saharda AQSHning St. Louis shahrida erkin kurash bo‘yicha RAF 10 turniri bo‘lib o‘tdi.

Biz uchun eng e’tiborli jihat — Olimpiada sovrindori Bekzod Abdurahmonov dunyoning yetakchi erkin kurash va aralash yakkakurash ustalari ishtirok etayotgan RAF ligasidagi debyut bahsini o‘tkazdi.

Afsuski, hamyurtimiz bellashuv davomida ko‘rsatkich barmog‘idan jarohat oldi. Shunga qaramay, u mardlarcha kurash olib bordi. Har biri 2 daqiqadan iborat 3 raund davom etgan bahsda Bekzod amerikalik Keegan O’Toolega 10:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bekzodga tezroq sog‘ayib, keyingi bellashuvlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting