locale OZ

Erkin kurash. Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida musobaqalar o‘tkazilmoqda

Musobaqa davomida yosh polvonlar turli vazn toifalarida bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar hamda iqtidorli sportchilar saralab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkin kurash. Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida musobaqalar o‘tkazilmoqda
photo: Kurash Uzbekistan

Andijon shahar 4-son politexnikumi sport zalida sport seleksiyasi oyligi doirasida yosh sportchilarni aniqlash va seleksiya qilish maqsadida kichik o‘smirlar o‘rtasida sport kurashlarining erkin kurash turi bo‘yicha Andijon viloyati prokurori kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati prokurori M. Abduhakimov, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K. Komilov hamda Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘. Toshpo‘latov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladilar.

Musobaqa davomida yosh polvonlar turli vazn toifalarida bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar hamda iqtidorli sportchilar saralab olindi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting