Erkin kurash. 2026-yilgi jahon chempionati muddatlari o‘zgaradi, yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligi esa boshqa joyda o‘tadi
2026-yil 5–13 sentabr kunlari Bahrayn poytaxti Manamada o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati o‘sha shaharda 24-oktabrdan 1-noyabrgacha o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) 2026-yilgi kurash bo‘yicha jahon chempionatining o‘tkazilish sanalarini o‘zgartirgani hamda U-20 yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligi o‘tkaziladigan joyni almashtirgani haqida e’lon qildi.
Shunday qilib, dastlab 2026-yil 5–13 sentabr kunlari Bahrayn poytaxti Manamada o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati o‘sha shaharda 24-oktabrdan 1-noyabrgacha o‘tkaziladi. Avvalroq 17–23 avgust kunlari Manama U-20 yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligiga ham mezbonlik qilishi kerak edi, biroq musobaqa shu sanalarda Slovakiyaning Bratislava shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Qolgan yosh toifalaridagi musobaqalar jadvali o‘zgarishsiz qoldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor