Erkaklar o'rtasidagi sablya bo'yicha Jahon kubogi (o'smirlar va kadetlar) 2025-yil 13-15-dekabr kunlari Germaniyaning Dormagen shahrida bo'lib o'tadi
Erkaklar o'rtasidagi sablya bo'yicha Jahon kubogi (o'smirlar/kadetlar)
Erkaklar o'rtasidagi sablya bo'yicha Jahon kubogi (o'smirlar va kadetlar) 2025-yil 13-15-dekabr kunlari Germaniyaning Dormagen shahrida bo'lib o'tadi. Turnirda yakka va jamoaviy bellashuvlar rejalashtirilgan.
Hozirgi kunga qadar musobaqada 45 mamlakatdan 268 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan. Ular orasida Italiya, Yaponiya, Turkiya, Singapur, Polsha, Malayziya, Quvayt, Portugaliya, Vengriya, Gonkong va boshqalar bor.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Sardor Abdukarimbekov, Alpamis Urakboev va Zuhriddin Qodirov.
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati nomidan jamoamizga ishonchli start, ajoyib taktika va trekda yorqin g'alabalarni tilaymiz.