Ergashevga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan Bachkov 9-raundda g‘alaba qozondi
Janubiy afrikalik raqib nokdaunga tushdi, murabbiylar oq sochiq tashlashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Kecha, 2 iyul kuni Istanbulda IBA Pro 7 professional boks turniri doirasida qizg‘in janglar bo‘lib o‘tdi. Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohibi Ovanes Bachkov Janubiy Afrika Respublikasi vakili Xolisani Ndongeniga qarshi ringga ko‘tarildi.
Bahs 9-raundda referi tomonidan to‘xtatildi. Ndongeni nokdaun holatiga tushib qolgani sabab, uning murabbiylari ringga oq sochiq tashlashdi.
Bunday holatda, Bachkov professional faoliyatidagi 8-jangida ham g‘alaba qozondi. Uning 7 ta jangdagi g‘alabasi muddatidan avval yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, aslida Bachkov ushbu kechada o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo Ergashevning jarohati sababli ushbu jang bekor qilindi.