locale OZ

Erali Octagon 72 turnirida tojikistonlik blogerga qarshi MMA jangini o'tkazdi — bahs to'liq davom etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida MMA bo‘yicha Octagon 72 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa doirasida o‘zbekistonlik taniqli bloger Erali Boyqobilov tojikistonlik Bobojon “Rodnoy” Xolmurodga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Bellashuv MMA qoidalari asosida o‘tkazildi va rejalashtirilgan uch raund to‘liq davom etdi. Jang yakunida hakamlar ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alabani Erali Boyqobilovga berdilar.

Ushbu jang har ikki bloger uchun ham MMAdagi debyut bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Erali bundan avval, 2023 yilda Abduroziqqa qarshi boks jangida ishtirok etgan va o‘sha bahs durang natija bilan yakunlangan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting