locale OZ

Eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab, yakunda finish bayroqni hammadan oldin kesib o‘tgan poygachilar borligini bilarmidingiz?

Ulardan biri — Jon Uotson (1983-yilgi AQSh G‘arb Gran-prisida 22-o‘rindan start olgan).
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab, yakunda finish bayroqni hammadan oldin kesib o‘tgan poygachilar borligini bilarmidingiz?
photo: gettyimages

F1 tarixida start panjarasida eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab, yakunda finish bayroqni hammadan oldin kesib o‘tgan poygachilar borligini bilarmidingiz?

Ulardan biri — Jon Uotson (1983-yilgi AQSh G‘arb Gran-prisida 22-o‘rindan start olgan).

1983-yilda McLaren g‘alaba uchun asosiy da’vogarlardan biri edi, biroq Long-Bichdagi notekis trassada jamoa bir davralik tezlik uchun mashinaning optimal balansini topa olmadi. Natijada Jon Uotson va Niki Lauda mos ravishda 22 va 23-o‘rinlarni egallab, poul-pozitsiya natijasidan to‘rt soniya ortda qolishdi.

Shuningdek, saralash shinalarining yetarlicha samarali emasligi ham ularning imkoniyatlarini chekladi. Ammo poyga rejimida har ikkala mashina juda yaxshi tezlik namoyish etdi. Keskin kurashlarga boy poygada Uotson ham, Lauda ham birin-ketin raqiblarini ortda qoldirib, peloton bo‘ylab yuqorilab bordi va raqiblarining muvaffaqiyatsizliklaridan unumli foydalandi.

McLarenning poyga tempidagi tezligi shu qadar yuqori ediki, yakunda Uotson Laudani qariyb yarim daqiqaga ortda qoldirdi. Ferrari vakili Rene Arnu esa bir daqiqadan ko‘proq ortda qolganiga qaramay, yetakchi bilan bir davrada qolgan yagona boshqa poygachi bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting