locale OZ

Endy Vudvard: Bunday yuqori saviyadagi superturnirda birinchi marta o‘ynashim

Tepe Sigeman 2026 turnirining eng yosh ishtirokchilaridan biri, amerikalik grossmeyster Endy Vudvard turnirni g‘alaba bilan boshladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endy Vudvard: Bunday yuqori saviyadagi superturnirda birinchi marta o‘ynashim
photo: Chess Uzbekistan

Tepe Sigeman 2026 turnirining eng yosh ishtirokchilaridan biri, amerikalik grossmeyster Endy Vudvard turnirni g‘alaba bilan boshladi.

Garchi g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, u o‘z o‘yiniga tanqidiy baho berdi:

"Ochig'ini aytsam, omadim keldi. Raqibim qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, aks holda vaziyat juda og‘ir bo‘lar edi. Fil va piyodalar endshpiliga o‘tilganda, menda ortiqcha piyoda borligi tufayli pozitsiyam yaxshi ekanini tushundim."

Endy uchun ushbu turnir nafaqat kuchli tarkibi, balki shaxmat afsonasi bilan bir davrada ekani bilan ham ahamiyatli:

“Ishtirokchilar tarkibi shunchaki aqlbovar qilmas. Faoliyatimda hali bunday yuqori o‘rtacha reytingga ega va Magnus kabi buyuk o‘yinchilar qatnashadigan superturnirda o‘ynamaganman. Bu men uchun ulkan imkoniyat va undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting