Endi 7-iyul Butunjahon voleybol kuni sifatida nishonlanadi


Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi 7- iyul sanasi Butunjahon voleybol kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi Prezidenti Tomas Bax va XOQning yangi saylangan prezidenti Kirsti Koventri, shuningdek, Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatnashgan yig‘ilish davomida joriy 2025- yili erkaklar va ayollar o‘rtasidagi, shuningdek, U17, U19 va U21 yosh toifalaridagi jahon chempionatlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil etildi.
Yig‘ilishda 2025 yilgi voleybol va sohil voleyboli bo‘yicha qiziqarli tadbirlar taqvimi to‘liq tanishtirildi. Asosiy chempionatlar qatoriga Filippin va Tailandda bo‘lib o‘tadigan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati, sohil voleyboli bo‘yicha 2025 yili Avstraliyaning Adelaida shahridagi jahon chempionati, U19 o‘smirlar o‘rtasida Toshkentda va U19 qizlar o‘rtasida Belgradda bo‘ladigan jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalar tilga olindi.
Eslatib o‘tamiz, voleybol bo‘yicha U19 o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekistonda bo‘ladigan jahon chempionati joriy yilning 24 iyul-3 avgust kunlari tashkil etilishi belgilangan. Unda dunyoning 24 davlat terma jamoasi ishtirok etadi.

Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28