Elbek ikkita gol urgan bahsda “Singtao Xaes” mag'lub bo'ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Kecha futzal bo’yicha Xitoy Superligasida 5-tur uchrashuvlariga start berildi. Turning dastlabki uchrashuvida hamyurtimiz Elbek To’lqinov jamoasi – "Singtao Xaes" safarda “Spartak”ka qarshi maydonga chiqdi. E`tiborli jihati bu bahsni ham To’lqiniv golsiz tark etmadi. Elbekning ikki aniq zarbasidan so’ng mezbonlar o’yinni maydon markazidan boshlashdi.
Ammo hamyurtimizning dubli ham jamoasini mag’lubiyatdan qutqarib qololmadi. "Singtao Xaes" himoya chizig’ining qo’pol xatolari sabab 3:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Anasxon Rahmatov hamda Ixtiyor Ropiyevlar jamoasi – “Xatire” esa ertaga "Shan`xi" klubiga qarshi parketga chiqadi.
Xitoy Superligasi
5-tur. 15-may
“Spartak” – "Singtao Xaes" – 7:3
Ibrohim Jalolov
Redaktor