locale OZ

Eddi Hirn Jeyron Ennisning keyingi jangi haqida ma'lumot berdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Fighthype.com

Britaniyalik mashhur promouter Eddi Hirn yarim o'rta vazn toifasida IBF va WBA kamarlariga egalik qilayotgan amerikalik chempion Jeyron Ennis (34–0, 30 KO)ning navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.

“Bizdan: ‘Avgustda Virjil Ortisga qarshi jang qilasizmi?’ deb so'rashdi. Biz rozilik berdik. Ammo keyin Virjil avgustgacha tayyor bo'lmasligini ma'lum qilishdi. U ajoyib jangchi. Ayni paytda DAZN bilan muzokaralar olib boryapmiz. Menimcha, Ennis avgust yoki sentabr boshida ringga chiqadi. Shundan so'ng Virjil Ortis bilan to'qnash kelamiz. Biz har qanday yirik janglarda ishtirok etishga tayyormiz”, — dedi Hirn.

Ma'lumot uchun: Jeyron Ennishga tegishli bo'lgan WBA kamari uchun o'zbekistonlik Shahram G'iyosov rasmiy majburiy da'vogar hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting