locale OZ

Eddi Hirn: Ennis super yarim o‘rta vaznga o‘tishi mumkin

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Britaniyalik mashhur promouter Eddi Hirn IBF va WBA kamarlariga ega Jeyron Ennisning (34-0, 30 KO) faoliyatidagi keyingi qadamlar haqida fikr bildirdi.

— Meningcha, hozirgi eng muhim savol — Ennis yarim o‘rta vaznda qoladimi? Uning Staniyonisga qarshi jangi juda kuchli o‘tdi. Har tomonlama yaxshi jang bo‘ldi, lekin tibbiy jihatdan unga og‘ir bo‘ldi. Meningcha, u super yarim o‘rta vaznda o‘zini ancha qulay his qiladi, — dedi Hirn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ennis avvaliga ushbu vaznda kamarlarni birlashtirishni maqsad qilgan, ammo bu vazifa bajarildi. Endilikda uning qaysi yo‘nalishda harakatlanishi muhim qarorga aylangan.

— Enniskа Teofimo Lopesga qarshi jang g‘oyasi juda yoqadi. Biroq bu faqat yarim o‘rta vaznda amalga oshishi mumkin. Agar u vazn almashtirsa, Lopes bilan jang ham bekor bo‘ladi. Shuning uchun tez orada yakuniy qaror qabul qilishimiz kerak, — deya qo‘shimcha qildi Hirn.

Eslatib o‘tamiz, Jeyron Ennisning navbatdagi raqibi — ushbu vazn toifasidagi WBAning majburiy da’vogari, o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov bo‘lishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting