Dzyudochilarimiz Qozog‘istondagi musobaqada 24 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar ishtirokidagi an’anaviy xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar ishtirokidagi an’anaviy xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 21 davlatidan kelgan jami 531 nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib bordi.
Quvonarlisi, yoshlar terma jamoamiz xalqaro turnirda 9 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza, jami 24 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Musobaqa chempionlari Sa’dulla Ravshanov (-81 kg), Diyorbek Fayzullayev (-90 kg), Fazliddin Rafikov (+100 kg), Zarina Jamalova (-48 kg), Nigina Umirzoqova (-52 kg), Mohinur Allaberganova (-57 kg), Gulbahor Imomnazarova (-63 kg), Nigina Saparbayeva (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+78 kg) sharafiga O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor