locale OZ

Dzyudochilarimiz mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochilarimiz mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilishdi
PHOTO: Telegram

Uch kundan so‘ng Vengriyaning Budepesht shahrida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Bugun yengil vazn toifasida bahslarga kirishadigan dzyudochilarimiz musobaqa manzili tomon yo‘lga chiqishdi. Og‘ir vazndagi dzyudochilarimiz esa tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishadi va ular ham navbati bilan safarga otlanishadi.

Terma jamoamizning safar oldidan to‘liq tarkibda o‘tkazgan mashg‘uloti rang-barang kechdi. Dzyudochilar trenajyor zalida kuchga ishlashdi, tatamida usullar maromiga yetkazildi va hatto futbol ham o‘ynashdi.

Jamoamizda ajoyib muhit hukmron, dzyudochlarimiz ham o‘zlarining yuqori sport formalariga kirib ulgurishdi. Umid qilamizki, natija ham shunga monand bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting