locale OZ

Dzyudochilarimiz Belgradda o‘tkaziladigan Chempionlar Ligasiga yo‘l olishdi

22-noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o‘rtasidagi Champions League 2025 turniri bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochilarimiz Belgradda o‘tkaziladigan Chempionlar Ligasiga yo‘l olishdi
photo: Judo Uzbekistan

22-noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o‘rtasidagi Champions League 2025 turniri bo‘lib o‘tadi.

Unda Qozog‘istonning "Jenis" klubi ham ishtirok etadi. Ushbu jamoa tarkibida uch nafar dzyudochimiz - Shahzodxo‘ja Sharipov, Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev ham bo‘lib, ular bugun Serbiyaga jo‘nab ketishdi.

Yana bir tajribali dzyudochimiz Alisher Yusupov esa Fransiyaning "Pari-Sen-Jermen" klubi safida Chempionlar Ligasi turnirida qatnashadi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori ayni paytda jamoasi bilan birga aynan Fransiya poytaxtida bo‘lib turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting