locale OZ

Dzyudochilarimiz Bangkok shahriga yetib bordi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochilarimiz Bangkok shahriga yetib bordi
PHOTO: Telegram

Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz musobaqa manziliga yetib borishdi.

Xabar berganimizdek, 25-28-aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida kattalar o'rtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan sportchilar Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqishadi. Ular orasida to'liq tarkibdagi Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham bor. Muzaffarbek To'raboyev jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.

Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkib:

Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
-63 kg: Marjona Nurullayeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Marjona Koʻchimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting