locale OZ

Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2025 turniridagi raqiblarini bilib olishdi

Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirida O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar dzyudochisi ham medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2025 turniridagi raqiblarini bilib olishdi
photo: Judo Uzbekistan

Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlanadi.

Biroz avval dunyoning 52 davlatidan jami 373 (221 erkak, 152 ayol) nafar dzyudosi ishtirokini tasdiqlagan Abu Dhabi Grand Slam 2025 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va sportchilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi.

Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirida O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar dzyudochisi ham medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya)

-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)

-57 kg: Shukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo‘g‘uliston)

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Ivana Sutalo (Xorvatiya)

+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva — Shin Jiyeong (Koreya Respublikasi)

-81 kg: Suhrob Tursunov — Abdul-Kerim Tasuyev (Rossiya)

-90 kg: Umar Bozorov — Aram Grigoryan (BAA)/Nemanya Maydov

+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Seo Dongue (Koreya Respublikasi)

+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Magomedomar Magomedomarov (BAA)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting