locale OZ

Dzyudochi qizlarimizning Ispaniyadagi mashg‘uloti reja asosida davom etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochi qizlarimizning Ispaniyadagi mashg‘uloti reja asosida davom etmoqda
PHOTO: Telegram

Ispaniyaning Benidorm shahrida Andrey Shturbabin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham tayyorgarlikka zo‘r bergan.

Ushbu yig‘in yilning asosiy starti - jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik mashg‘uloti hisoblanadi. So‘nggi xorijiy yig‘in kuchli xalqaro raqobat sharoitida o‘tmoqda: yonma-yon bo‘lajak raqiblar va har bir mashg‘ulot xuddi bir jangga o‘xshaydi.

Kuchlilar bilan juftlikda ishlash, rang-barang usullar, taktikalarni takomillashtirish va o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyati - bularning barchasi yig‘inni maksimal darajada samarali qiladi. Qizlarimizni esa jangovar tayyorgarlikka yaqinlashtiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting