Dzyudo. Yoshlarimiz Osiyo chempionatining ilk kuni 8 ta medal qo‘lga kiritishdi
Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kuni uch marotaba O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Rayhona Mamatova, Muhammadjon Masharipov va Inoyat Telmanov o‘z vazn toifalarida qit’amizning eng kuchli dzyudochisi ekanliklarini amalda isbotlashdi.
Dastlabki kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z jamg‘armasini sakkizta medal bilan to‘ldirdi. Qur`a natijasiga ko`ra ikki vazn toifasida o‘zbekistonlik dzyudochilar yarim finalda bir-biri bilan to‘qnash kelishdi. Aks holda, jamoamiz medallari sifati yanada yaxshiroq bo`lishiga umid qilish mumkin edi.
Oltin medallar
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Muhammadjon Masharipov
-73 kg: Inoyat Telmanov
Kumush medal
-48 kg: Zarina Jamalova
Bronza medallar
-52 kg: Sabina Azamatova
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-60 kg: Dilshod Karimov
-73 kg: Muhriddin Ma’rufov