locale OZ

Dzyudo. Yoshlarimiz Jahon chempionatini 6 ta medal bilan 65 davlat orasida Top-10'talikda yakunlashdi

Peru poytaxti Lima shahrida yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Yoshlarimiz Jahon chempionatini 6 ta medal bilan 65 davlat orasida Top-10'talikda yakunlashdi
photo: Judo Uzbekistan

Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi va quvonarlisi, 3 nafar dzyudochimiz jahon chempionati medallariga ega chiqishdi. Umida Nig‘matova (+78 kg) finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib borib, kumush medal qo‘lga kiritdi. Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatini 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 65 davlat orasida 10-o‘rinda yakunladi. Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan kutilganidek, bu borada birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Braziliya va IJF jamoalari joy oldi.

Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Kumush medal
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting