locale OZ

Dzyudo. Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi

Uch kun davomida Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Uch kun davomida Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 541 nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida bahs olib borishdi. Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yakunda Toshkent shahri jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati dzyudochilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Surxondaryo viloyat jamoasi yakun yasadi. Mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting