Dzyudo. Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilindi
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turniri doirasida O‘zbekiston poytaxtida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tarixiy kelishuv imzolangan edi.
Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida ushbu dunyo birinchiligiga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada tashki etish, mezbon sifatida musobaqada munosib tarzda qatnashish masalalariga bag‘ishlangan ilk yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligida o‘tgan yig‘ishda bunday nufuzli musobaqalarning Toshkentda o‘tkazilishi davlatimiz rahbarining shaxsan sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlari, har qanday nufuzdagi musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish imkoni hamda tajribasi borligi, 2022 yilda Toshkentda kattalar o‘rtasida ilk bor jahon chempionatining tashkil etilgani misol tariqasida aytildi.
Jahon chempionati 2026 yilning 19-22 noyabr kunlari Olimpiya shaharchasidagi "Yakkakurash sport turlari" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.