locale OZ

Dzyudo. Yevropa Kubogining ilk kuni 3 ta medal qo‘lga kiritdik

Nufuzli musobaqada dunyoning 5 qit’asi 44 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi medallar va jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Yevropa Kubogining ilk kuni 3 ta medal qo‘lga kiritdik
photo: Dzyudo Uzbekistan

Sloveniya poytaxti Lyublyana shahri mezbonlik qilayotgan Yevropa Kubogining birinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning 5 qit’asi 44 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi medallar va jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib bormoqda.

Quvonarlisi, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va Dilshod Hamroyev (-66 kg) o‘z vazn toifalarida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Elbek Tojiyev (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting