Dzyudo. Xalqaro dzyudo kuni Qashqadaryo viloyatida ham nishonlandi
28 oktyabr - Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan Qarshi shahar Kurash mahorati maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Judo Uzbekistan
28 oktyabr - Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan Qarshi shahar Kurash mahorati maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.
Marosimda Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i, Dzyudo federatsiyasining viloyat bo‘limi raisi Vahob Ro‘ziyev ishtirok etib, barcha dzyudochilarni samimiy tabrikladi.
Xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etgan bir qator dzyudochilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu bayram tadbiri tajribali dzyudo ustalari va yosh sportchilarni birlashtirib, mintaqada dzyudoni rivojlantirishda yana bir qadam bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor