locale OZ

Dzyudo. Vakillarimiz Vengriyadagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashyapti

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Vakillarimiz Vengriyadagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashyapti
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda Andrey Shturbabin bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Vengriyaning Tata shahrida boʻlib turibdi.

Dzyudochi qizlarimiz uchun Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab berayotgan ushbu xalqaro yigʻin 13-aprelga qadar davom etadi. Xalqaro yig`inda 50 ga yaqin davlatdan 500 dan ziyod dzyudochi qatnashyapti. Terma jamoamiz a`zolari mashgʻulotlarda jismoniy holatlarini yanada yaxshilash barobarida katta xalqaro tajriba ham to`plashyapti.

Vengriyaga yoʻl olgan tarkib: Laziza Haydarova (-48 kg), Xalimajon Qurbonova (-48 kg), Soʻgʻdiyona Rafkatova (-52 kg), Shukurjon Aminova (-57 kg), Marjona Nurulloyeva (-63 kg), Xurshida Razzoqberdiyeva (-70 kg), Shirinjon Yoʻldosheva (-70 kg), Mohlaroyim Toʻxtamisheva (+78 kg), Irisxon Qurbonboyeva (+78 kg)

Murabbiylar: Andrey Shturbabin, Olimboy Olimov, Aziz Tashmatov

Shifokor — Nelli Stromm

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting