locale OZ

Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtdi

Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan mazkur bosqich bahslarida sportchilar 4 vazn toifasida kurash olib bordilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

“Olimpiya shaharchasi”da dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining joriy yil hisobidan soʻnggi bosqich bellashuvlari oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan mazkur bosqich bahslarida sportchilar 4 vazn toifasida kurash olib bordilar.

Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil qilgan musobaqaning final bellashuvlarini Sport vazirligi, MOQ, Toshkent shahar hokimligi va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kuzatib bordi. Rasmiylar turnir yakunida taqdirlash marosimida ham qatnashib, gʻolib va sovrindorlarga kelgusi musobaqalarda ham omad tilashdi.

Shuningdek, tadbir davomida sport sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazishda qoʻshgan hissasi uchun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting