locale OZ

Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi "Yoshlik" arenasi mezbonlik qilgan Uzbekistan Judo Tour musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi
photo: Judo Uzbekistan

Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi "Yoshlik" arenasi mezbonlik qilgan Uzbekistan Judo Tour musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

To‘rtta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri jamoalari dzyudochilari yetakchilik qilishdi. Yakunda har ikki jamoa 2 tadan vaznda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Azizbek Avazmurodov va Rifat Xudakov poytaxtliklar, Murodjon Yo‘ldoshev hamda Shirinjon Yuldasheva esa mezbonlar safida oltin medalga ega chiqdi. Kumush medallar ham bir xilda bo‘ldi - 1 tadan. Faqat bitta bronza medalining ko‘pligi Xorazm viloyati dzyudochilarining umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi.
Kuchli uchlikka so‘nggi paytlarda mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muntazam g‘olib va sovrindorlar safidan joy olayotgan Jizzax viloyati jamoasi yakun yasadi. Sakkizta ishtirokchi jamoadan yettitasi kamida bitta medal qo‘lga kiritgani raqobat qay darajada yuqori bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Uzbekistan Judo Tour g‘olib va sovrindorlari:

-70 kg vazn toifasi
1. Shirinjon Yuldasheva (Xorazm)
2. Xurshida Razzoqberdiyeva (Xorazm)
3. Nigina Saparbayeva (Xorazm)
3. Farangiz Xojiyeva (Xorazm)

-81 kg vazn toifasi
1. Murodjon Yo‘ldoshev (Xorazm)
2. Obidxon Nomonov (Namangan)
3. Nodir Mavlonberdiyev (Xorazm)
3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)

-90 kg vazn toifasi
1. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)
2. Shohjahon Ahmadjonov (Jizzax)
3. Ramazon Allaberdiyev (Toshkent shahri)
3. Jasur Majidov (Qashqadaryo)

+90 kg vazn toifasi
1. Rufat Xudakov (Toshkent shahri)
2. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri)
3. Amir-Said Jeyliyev (Toshkent viloyati)
3. Bahrom Saidov (Buxoro)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting