Dzyudo. U 23 O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Chirchiq shahri mezbonlik qilgan 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida -81, -90, -100, +100 kg, qizlarda esa -63, -70, -78, +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Poytaxtlik dzyudochilar 3 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Toshkent viloyati jamoasi tarkibida ham 3 nafar chempion bo‘ldi, lekin kumush medallar poytaxt dzyudochilarini peshqadamga aylantirdi. Kuchli uchlikka kecha e’tirof etganimiz - Jizzaz viloyati jamoasi yakun yasadi.
Chirchiq shahrida o‘tgan U 23 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati yangi iste’dolarni kashf qilib bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Buni natijalar ham isbotlamoqda.
Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-81 kg vazn toifasi (64 ishtirokchi)
1. Nodirbek Mavlonberdiyev (Toshkent viloyati)
2. Bobur Yangiboyev (Surxondaryo)
3. Muhammad Mamadaliyev (Toshkent viloyati)
3. Javohir Ahmedov (Surxondaryo)
-90 kg vazn toifasi (44 ishtirokchi)
1. Sherbek Rashidov (Qashqadaryo)
2. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)
3. Asadbek Xotamov (Toshkent viloyati)
3. Arslonbek Qodirov (Surxondaryo)
-100 kg vazn toifasi (29 ishtirokchi)
1. Muhammadsodiq Sodiqov (Xorazm)
2. Mirjalol Normo‘minov (Toshkent shahri)
3. Muhammadali Tangriyev (Toshkent viloyati)
3. Jonibek Pardayev (Toshkent shahri)
+100 kg vazn toifasi (23 ishtirokchi)
1. Fazliddin Rafikov (Toshkent shahri)
2. Zufarbek O‘rolov (Samarqand)
3. Asadbek Shixnazarov (Xorazm)
3. Javohir Sadinov (Samarqand)
QIZLAR
-63 kg vazn toifasi (22 ishtirokchi)
1. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
2. Gulg‘uncha Ko‘klamova (Xorazm)
3. Adina Abilxasimova (Toshkent viloyati)
3. Zuhrajon Umarova (Xorazm)
-70 kg vazn toifasi (10 ishtirokchi)
1. Gulina Oblaqulova (Navoiy)
2. Durdona Tursunova (Surxondaryo)
3. Sarvinoz Rafqatova (Xorazm)
3. Shodiya Mahmudova (Xorazm)
-78 kg vazn toifasi (10 ishtirokchi)
1. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)
2. Shoira Aminova (Xorazm)
3. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)
3. Elnora Salimova (Samarqand)
+78 kg vazn toifasi (8 ishtirokchi)
1. Mohlaroyim To‘xtamisheva (Toshkent shahri)
2. Fotima Kuranboyeva (Xorazm)
3. Yulianna Shubladze (Toshkent shahri)
3. Durdona Nizomaddinova (Xorazm)