Dzyudo. Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston dzyudochilarining qo‘shma mashg‘uloti boshlandi
Yig‘in mazmunli va samarali o‘tishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Ikki mamlakat dzyudo federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yana bir qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi markazida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar har ikki terma jamoa uchun yil so‘nggiga qadar bo‘lgan musobaqalar, xususan kelasi oy Saudiya Arabistoni davlati mezbonlik qiladigan Islom Birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bermoqda.
Yig‘inning mazmunli va samarali o‘tishi kutilmoqda: dzyudochilarni kuchli sparringlar, tajriba almashish va yetakchi murabbiylar rahbarligida mashg‘ulotlar kutmoqda. Bularning barchasi bir maqsadga - o‘z mamlakatlarini xalqaro maydonda munosib namoyish etish va jahon dzyudosida o‘z mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor