locale OZ

Dzyudo. Toshkentda “Katta dubulgʻa” musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Shu kunlarda poytaxtimizda sportning dzyudo turi boʻyicha boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻtkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Toshkentda “Katta dubulgʻa” musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda sportning dzyudo turi boʻyicha boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻtkazilmoqda.

Bugun “Humo arena” majmuasida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi, O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi rahbariyati, minglab dzyudo muxlislari va sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Turnir faxriy mehmoni — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Prezidenti Marius Vizer hamda rasmiylar marosimda turnir tashkilotchiligi yuqori saviyada yoʻlga qoʻyilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tilashdi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1-mart sanasiga qadar davom etadigan “Katta dubulgʻa” turnirida barcha qit’alardan 400 nafarga yaqin sportchilar bahs olib borishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting