Dzyudo. Toshkentda besh davlat o‘smir dzyudochilari ishtirokida xalqaro mag‘shulotlar boshlandi
16-21 fevral kunlari oralig‘ida poytaxtimiz kadetlar uchun mo‘ljallangan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
16-21 fevral kunlari oralig‘ida poytaxtimiz kadetlar uchun mo‘ljallangan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qiladi.
"Yoshlik" sport majmuasida o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlarda yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Rossiya, Chexiya, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasidan kelgan jami 500 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etyapti.
Mazkur xalqaro yig‘in ishtirokchi davlat terma jamoalari uchun tajriba almashish bilan bir qatorda oldinda turgan qit’a birinchiliklariga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tab beradi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor