locale OZ

Dzyudo. Toshkent yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahri 2022 yil kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Toshkent yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 22-25 oktyabr kunlari Amman (Iordaniya) shahrida o‘tkazilishi belgilangan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligi O‘zbekiston poytaxti Toshkentga ko‘chirilganini rasman e’lon qildi.

Qaror mintaqadagi vaziyatni hisobga olgan holda qabul qilindi. Sportchilar, rasmiy shaxslar va barcha manfaatdor tomonlarning xavfsizligi Xalqaro dzyudo federatsiyasining eng ustuvor vazifasi hisoblanadi. Musobaqa hamda tadbirlarni xavfsiz, qulay va barqaror muhitda o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Shundan kelib chiqib, IJF yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonlik masalasini qayta ko‘rib chiqdi va uni poytaxtimizga ishonib topshirdi. Bunga O‘zbekistondagi tinchlik, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish, sportga hukumat darajasidagi e’tibor sabab bo‘ldi.

Shu tariqa, 2026 yilning 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahri dunyoning barcha qit’alaridan keladigan yosh dzyudochilarning katta sport forumi - jahon chempionatini qabul qiladi. Ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bahslarda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.

"Xalqaro dzyudo federatsiyasi O‘zbekistonning jahon dzyudo hamjamiyatidagi o‘sib borayotgani, yirik xalqaro tadbirlarni eng yuqori saviyada o‘tkazish uchun isbotlangan salohiyatini aks ettiruvchi ushbu tashabbuskor yondashuvi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi", deyiladi Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri 2022 yil kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting