Dzyudo. Toshkent xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi
Bugundan poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Bugundan poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qiladi.
Ushbu yig‘inda Chexiya, Ruminiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikistondan 350 nafardan ziyod kadetlarning ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Ular safiga BAA o‘smirlar terma jamoasi ham qo‘shildi.
Yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, bugungi mashg‘ulotlarda Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ham qatnashdi. Birgalikdagi mashg‘ulotlar yosh sportchilar uchun nafaqat kutilmagan voqea, balki kuchli ilhom manbai, shuningdek, dunyoning eng kuchli dzyudochilarining biri bilan tajriba almashish imkoniyati bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor