Dzyudo. Tokaida yakunlangan mashg‘ulot yig‘ini Nixonga ko‘chdi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Reja bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi Aleksey Budolin boshchiligida dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtda uch bosqichdan iborat mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishlari belgilangan edi. Jahon chempionlarini tayyorlab berib kelayotgan Kokushikan universiteti qoshidagi dzyudo markazida Yaponiya va Turkiya terma jamoalari bilan birgalikda boshlangan mashg‘ulotlar olimpiyachilari bilan mashhur bo`lgan Tokai universitetida davom ettirildi.
Bugundan esa Yaponiyadagi so‘nggi yig‘in Nixon Universiteti dzyudo markaziga ko‘chdi va 30 yanvarga qadar o‘tkaziladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor