Dzyudo. Termiz shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilgan seminarda mamlakatimizning malakali trenerlari, vohaning shahar va tumanlaridan trener hamda sportchilar tashrif buyurib o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi hamda viloyat dzyudo federatsiyasi xamkorligida o‘tgan tadbirda, so‘ngi yillarda xalqaro dzyudo musobaqalariga joriy etilgan yangi-qonun qoidalar mutaxasislar tomonidan tanishtirilib borildi.
Qiziqarli kechgan o‘quv seminarda Olimpizm targ‘ibotini yana-da kuchaytirish, ilm-fan sohasida erishilgan yangi yutuqlar, joriy etilgan yangi qoidalar bilan barchani xabardor qilish kabi maqsadlar qamrab olindi. Seminar yakunida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.