Dzyudo. Terma jamoamizning Slovakiyadagi mashg‘uloti boshlandi
Terma jamoamiz reja asosida yil oxirigacha o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirishyapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining Slovakiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Dzyudochilarimiz poytaxt Bratislava shahrida mashg‘ulotlarga kirishishdi. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Slovakiya milliy Olimpiya mashg‘ulot markazida o‘tkazilmoqda. Bu yerda Slovakiyaning olimpiya oilasiga mansub sport turi terma jamoalari o‘z mashg‘ulotlarini tashkil etib kelishadi. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun barcha sharoitlar jahon standarti darajasida yo‘lga qo‘yilgan.
Terma jamoamiz reja asosida yil oxirigacha o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirishyapti. Slovakiya yig‘ini ham ana shu jarayonning bir bo‘lagi hisoblanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor