Dzyudo. Terma jamoamiz katta tarkibda Italiya va Ispaniyadagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jo‘nab ketdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Xabaringiz bor, 13-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bugun Astana shahrida yakuniga yetadigan "Katta Dubulg‘a" turniridan keyin dunyoning barcha terma jamoalari jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlaydi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham.

Bundan bir necha daqiqa avval Aleksandr Budolin va Andrey Shturbabin murabbiyligidagi terma jamoamiz delegatsiyasi Italiyaning Rim shahriga jo‘nab ketdi. Dzyudochilarimiz u yerda 17 mayga qadar o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi. Keyin esa mashg‘ulotlar Ispaniyaning Benidorm shahriga ko‘chadi. Piriney yarim orolidagi mashg‘ulotlar 23 may kunigacha davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor