locale OZ

Dzyudo. Terma jamoamiz delegatsiyasi XX Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi

Shu kunlarda Aichi-Nagoya (Yaponiya)da XX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Terma jamoamiz delegatsiyasi XX Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Terma jamoamiz delegatsiyasi XX Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi

Shu kunlarda Aichi-Nagoya (Yaponiya)da XX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Osiyo qit’asi uchun to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi manzil tomon yo‘lga chiqdi. Terma jamoamiz to‘liq tarkibda medallar yo‘lida kurashga kirishadi.

Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari 30 sentyabr - 3 oktyabr kunlariga belgilangan. Avvaliga uch kun mobaynida yakkalik bahslari, to‘rtinchi kuni esa aralash jamoaviy mikst bellashuvlari tashkil etiladi.

Osiyo o‘yinlarining dzyudo turnirida 32 davlatning 203 (115 erkak, 88 ayol) nafar sportchisi umumiy 14 ta vazn (7 ta vazn erkaklar, 7 ta vazn ayollar) toifasida medallar uchun kurash olib boradi.

Startga sanoqli kunlar qoldi. Jamoamiz tayyor — oldinda medallar uchun kurash va O‘zbekiston umumiy natijasiga hissa qo‘shish vazifasi turibdi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi jamoamizga omad va tatamida ishonchli g‘alabalarni tilaydi!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting