Dzyudo. Ta’til tugadi, oldinda mas’uliyatli mavsum. Ayollar terma jamoamiz ilk xorij yig‘iniga yo‘l oldi
Bayram munosabati bilan e’lon qilingan qishki ta’til o‘z yakuniga yetib, dzyudochilarimiz yana "ish"ga qaytishdi.
Bosh murabbiyi Andrey Shturbabin boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk xorij yig‘inini o‘tkazish maqsadida Avstriyaga jo‘nab ketdi. Dzyudochilarimiz 5-12 yanvar kunlari Mitterzill shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.
Har yili an’anaviy tarzda mavsum starti oldidan Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu xalqaro mashg‘ulotlarda Parij Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanadi.
Yilning ilk IJF musobaqasi Paris Grand Slam 2026 bo‘lib, 7-8 fevral kunlari Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 2026 yilgi mavsumni OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 (28 fevral - 1 mart) turniridan boshlaydi. Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtimizda o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlikning ilk bosqichi bo‘ladi.