locale OZ

Dzyudo. Shahram Ahadov o‘z vaznida jahon reytingi peshqadami bo‘lib oldi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Shahram Ahadov o‘z vaznida jahon reytingi peshqadami bo‘lib oldi
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.

E’tiborlisi, -73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Shahram Ahadov o‘z vaznida reyting peshqadami bo‘lib oldi. U avvalgi oy reytingida 2-pog‘onani egallab turgandi. Ahadov yaponiyalik Tatsuki Ishixarani ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yana bir ahamiyatga molik holat, ayollar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasidagi dzyudochimiz Umida Nig‘matov 62 pog‘onaga yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Endigina yoshlar toifasidan ko‘tarilib, kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok eta boshlagan Umida qisqa fursatda aytishga arzigulik natijalarga erisha boshladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting