locale OZ

Taekvando. Shabbona Abduvaliyeva Tayyuan ayollar ochiq chempionati shohsupasidan joy oldi!

Musobaqaning so'nggi kunida yana bir bronza medali hisobimizga qo'shildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Shabbona Abduvaliyeva Tayyuan ayollar ochiq chempionati shohsupasidan joy oldi!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Tayyuan shahrida (Xitoy) taekvondo WT bo'yicha ayollar o'rtasida nufuzli "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women's Open Championships" xalqaro ochiq chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning so'nggi kunida yana bir bronza medali hisobimizga qo'shildi.

-57 kg vazn toifasida terma jamoamiz vakilasi Shabbona Abduvaliyeva sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz musobaqa yarim finaliga qadar yetib bordi, biroq ushbu bosqichda Tunis vakilasi Shayma Tumiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shunday bo'lsa-da, Shabbona mazkur nufuzli turnirda terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

1-o'rin. Fadiya Xirfan (🇯🇴Iordaniya)
2-o'rin. Shayma Tumi (🇹🇳Tunis)
3-o'rin. SHABBONA ABDUVALIYEVA (🇺🇿O'zbekiston)
3-o'rin. Yu Jin Kim (🇰🇷Koreya Respublikasi).

Shu tariqa, ayollar terma jamoamiz "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women's Open Championships" xalqaro ochiq chempionatini 2 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting